Tadqiqot: har yili 1 mln kvadrat kilometr yer degredatsiyaga uchramoqda
Jarayon Janubiy Osiyo, Shimoliy Xitoy, AQShning Kaliforniya shtatida, shuningdek, Oʻrta yer dengizi hududlarida xavfli tus olgan.

Dunyoda yerlarning degradatsiyasi shiddat bilan oshib, yiliga 1 million kvadrat kilometrni tashkil qilmoqda.
Bu haqda Potsdam iqlim oʻzgarishini oʻrganish instituti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda aytiladi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, degreddatsiya uchragan yerlar Antarktida hududidan oshib ketgan va 15 million kvadrat kilometrni tashkil qiladi.
Britaniyaning The Guardian gazetasi keltirgan "Brinkdan qaytish" tadqiqotiga koʻra, bunday koʻrsatkichlar iqlimni barqarorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va oziq-ovqat taʼminoti xavfsizligiga tahdid soladi.
Nashrning taʼkidlashicha, yaqin vaqtgacha, karbonat angidrid chiqindilari ikki baravar koʻpayganiga qaramay, daraxtlar va tuproq karbonat angidrid ifloslanishining deyarli uchdan bir qismini oʻzlashtirgan. Ammo soʻnggi oʻn yil ichida oʻrmonlarning kesilishi va iqlim oʻzgarishi tufayli bu ekotizimning imkoniyatlari 20% ga kamaydi.
Buning sababi, oʻrmonlarning 80% yoʻqolishiga olib keladigan "barqaror" qishloq xoʻjaligi usullaridan foydalanishdir. Qisqa muddatda resurslardan bunday intensiv foydalanish nafaqat yer unumdorligini pasaytirishi, balki yetishtirilgan ekinlarning ozuqaviy xususiyatlarining yomonlashishiga ham olib kelishi mumkin, deya ogohlantiradi tadqiqot mualliflari. Tadqiqotga koʻra yer degradatsiyasining bir nechta qaynoq nuqtalari bor - ular Janubiy Osiyoda, Shimoliy Xitoyda, AQShning Kaliforniya shtatida, shuningdek, Oʻrta yer dengizida joylashgan.
Tadqiqot BMTning choʻllanishga qarshi kurash boʻyicha konvensiyasi doirasida shu hafta Ar-Riyodda boʻlib oʻtadigan 200 davlat sammiti oldidan yerni boshqarish boʻyicha global saʼy-harakatlarni kuchaytirishga qaratilgan.
Maʼlumot uchun: tuproq degradatsiyasi - antropogen va tabiiy omillar taʼsirida yer resurslarining fizik, kimyoviy, biologik va ekologik xususiyatlarining yoʻqolishidir.
