platina.uz
Jamiyat

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligi yanada oshiriladi

Ularning tadbirkorlik bilan shugʻullanishi, xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmasligi evaziga biron-bir mukofot yoki sovgʻalar olishiga doir taqiqlar belgilanmoqda. 

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligi yanada oshiriladi

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligi va xizmat faoliyati samaradorligi yanada oshiriladi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun (OʻRQ-1008-son, 29.11.2024 y.) bilan ayrim qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga, oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqei bilan bogʻliq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid