platina.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻistonda tadbirkor va vazirlik huzuridagi muassasa mutaxassisining kirdikorlari oshkor boʻldi

Tadbirkor Nukusdagi koʻp qavatli uylar oqova suv tarmoqlari va inshootlarni rekonstruksiya qilish bahonasida 1 mlrd 98 mln soʻmlik shartnoma tuzishga erishgan. 

Qoraqalpogʻistonda tadbirkor va vazirlik huzuridagi muassasa mutaxassisining kirdikorlari oshkor boʻldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Nukus shahar sudida bir milliard soʻmdan oshiq mablagʻni talon-toroj qilgan tadbirkor va uning sherigiga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, "Talapshan qurilisshi" MChJ rahbari XX Uy-joy va kommunal xoʻjalik vazirligi huzuridagi "Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi" davlat muassasasi Qoraqalpogʻiston boʻlinmasi mutaxassisi XXX bilan til biriktirgan.

Tadbirkor Nukusdagi koʻp qavatli uylar oqova suv tarmoqlari va bosh inshootlarni rekonstruksiya qilish bahonasida 1 mlrd 98 mln soʻmlik shartnoma tuzishga erishib, "Oʻzsuvtaʼminot" mutaxassisi bilan bajarilmagan ishlarni bajarilgan deya koʻrsatib, reja tuzgan.

Ular jinoiy rejaga asosan, bir guruh boʻlib 1 mlrd 687 mln soʻmlik pudrat shartnomasini rasmiylashtirishga erishishgan. Lekin shartnomada koʻrsatilgandek qurilmalardan foydalanmay, eski qurilmalarni oqova suv tarmoqlariga ulab, hisob-fakturalarni oʻz imzolari bilan tasdiqlab, toʻlovga tasdiqlab MChJ hisobiga 1 mlrd 98 mln kelib tushishiga erishganlar.

Sudda tadbirkor XX oʻz aybiga iqror boʻlmagan, u pullarni talon-toroj qilmaganini aytib, yengillik soʻragan.

Lekin uning aybi dalillar, hujjatlar va guvohlarning koʻrsatmalari bilan tasdiqlandi.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi XX JKning 228-moddasi, 2-qismi, "b" bandi bilan oyligining 10 foizini davlat foydasiga ushlab qolish sharti bilan ikki yil muddatga ahloq tuzatish ishlari tayinlandi. Uning sherigi XXXga ham xuddi shu tarzda jazo (maoshining 10 foizini ushlab qolish sharti bilan ikki yillik ahloq tuzatish ishlari) tayinlandi.

Sud ishi Oliy sud ochiq portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid