platina.uz
Jamiyat

BAAga uchgan oʻzbekistonliklar mamlakatga kiritilmayapti

Tashqi ishlar vazirligidagi manbaning aytishicha, hozir bu boʻyicha zaruriy choralar koʻrilmoqda.

BAAga uchgan oʻzbekistonliklar mamlakatga kiritilmayapti

Birlashgan arab amirliklariga uchgan Oʻzbekistonning 31 nafar fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmayapti.

Toshkent - Abu-Dabi yoʻnalishi boʻyicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib borgan 31 nafar Oʻzbekiston fuqarosi nomaʼlum sabablarga koʻra BAA hududiga kiritilmagan.

Tashqi ishlar vazirligidagi manbamizning aytishicha, ayni paytda BAA va Oʻzbekiston tomonidan masʼul shaxslar muzokara olib boryapti va bu noqulaylikni tezroq bartaraf etish choralarini koʻrmoqdalar.

Katta ehtimol bilan ushbu holat Isroil ruhoniysining oʻldirilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Tez orada rasmiy maʼlumot taqdim etilishi maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtish kerak, avvalroq isroillik ravvinni oʻldirishda gumonlanib, 3 oʻzbekistonlik BAAda hibsga olingan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid