platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar sardorlari saylandi

Poytaxtdagi yoshlar markazida “Yuksak maqsadlar sari birlashaylik!” shiori ostida Toshkent shahar sardorlarining II forumi boʻlib oʻtdi. 

Toshkent shahar sardorlari saylandi

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida boʻlib oʻtgan sardorlar forumida hamkor tashkilot vakillari va poytaxtda joylashgan umumtaʼlim maktablarining sardorlari ishtirok etishdi.

Forumda 10 ta tumandan 17 nafar nomzod oʻz taklif va rejalarini taqdimot qildi. Sardorlar ochiq ovoz berish orqali saylandi.

Yakuniy natijalarga koʻra:

Bosh sardor – Azamat Abdulatipov;
“Yashil makon” yoʻnalishi boʻyicha – Mohiroza Mahkamova;
“Taʼlim” yoʻnalishida – Munisa Xadjayeva;
“Imkon” yoʻnalishida – Malika Murodxonova;
“Sport” yoʻnalishida – Madina Abdukamilova;
“Sanʼat” yoʻnalishida – Yasmina Xadjayeva hamda
“Media va IT” yoʻnalishida – Sardor Pardaboyev sardor sifatida saylandi.

Endilikda mazkur sardorlar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha maktablarda oʻquvchilarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha faoliyat olib boradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid