platina.uz

Peshku tumanida ham hokim oʻzgardi

Kogon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Hayot Davlatov ushbu lavozimga tasdiqlandi. 

Jamiyat
30-noyabr 2024 yil
Peshku tumanida ham hokim oʻzgardi

Hayot Hasanovich Davlatov Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman sektorlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

Viloyat hokimi Vahob Hamidovich Qahhorovni Peshku tumani hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorni oʻqib eshittirdi. Ushbu masala ovozga qoʻyilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shundan soʻng Botir Zaripov 2021 yildan beri Kogon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Hayot Hasanovich Davlatov nomzodini Peshku tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimining qarorini oʻqib eshittirdi.

Hayot Hasanovich Davlatov Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha istiqboldagi vazifalar belgilandi.

Avvalroq Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+