platina.uz

Oʻtkir Hamroyev Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlandi

U 2021 yildan beri Buxoro viloyat hokimligi boshqaruv apparati axborot -tahlil guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Jamiyat
30-noyabr 2024 yil
Oʻtkir Hamroyev Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlandi

Oʻtkir Hamroyev Qorovulbozor tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

Ostonov Akmal Anvarovich Vobkent tumaniga ishga oʻtganligi munosabati bilan Qorovulbozor tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi.

Hamroyev Oʻtkir Shomahmadovichni Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimining qarori oʻqib eshittirildi.

Oʻtkir Shomahmadovich Hamroyev 1976 yilda Peshku tumanida tugʻilgan. 2000 -yilda Buxoro davlat universitetini, 2011 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.

Mutaxassisligi - iqtisodiyot va davlat boshqaruvi.

Mehnat faoliyatini hisobchilikdan boshlab, Peshku tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshligʻi, viloyat raqobat boshqarmasi va davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida mehnat qilgan.

U 2021 yildan beri viloyat hokimligi boshqaruv apparati axborot -tahlil guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Buxoroda Vobkent, Peshku tumanlari va Kogon shaharlarida ham hokim almashdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+