Mirshakar Toʻraboyev Kogon shahar hokimi etib tayinlandi
U Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Toʻraboyev Mirshakar Muzaffarovich Kogon shahar hokimi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.
Hayot Hasanovich Davlatov Peshku tumaniga oʻtganligi munosabati bilan Kogon shahar hokimi lavozimidan ozod qilindi.
Toʻraboyev Mirshakar Muzaffarovichni Kogon shahar hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimining qarori oʻqib eshittirildi.
Mirshakar Toʻraboyev 1982 yilda Peshku tumanida tugʻilgan. 2023 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Mutaxassisligi - moliya va iqtisodiyot.
Mehnat faoliyatini Buxoro shahar moliya boʻlimi iqtisodchisi sifatida boshlab, viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida mehnat qilgan.
Ayni paytga qadar u Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.