platina.uz
Jamiyat

Baxtiyor Adilov Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

Mirali Hamroyev oʻz arizasiga koʻra hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan. 

Baxtiyor Adilov Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

Buxoro viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Hamroyev Mirali Muhammadjonovich oʻz arizasiga koʻra Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Adilov Baxtiyor Alisherovich Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Baxtiyor Adilov 1986 yil 22 iyunda Buxoro shahrida tugʻilgan. 2008 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — iqtisodchi.

Ayni paytga qadar u Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid