platina.uz

Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi

2021 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Farhod Umarov sogʻligi yomonlashganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. 

Jamiyat
30-noyabr 2024 yil
Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi

Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

Vobkent tumani hokimi vazifasida 2021 yildan beri ishlab kelayotgan Farhod Umarov sogʻligi yomonlashganligi munosabati bilan oʻz arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Qorovulbozor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Akmal Anvarovich Ostonov nomzodini Vobkent tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimining qarori oʻqib eshittirildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Kengashi deputatlari va faollari oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha istiqboldagi vazifalar belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+