platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

Ravshanbek Alimov 2020-2024 yillarda Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi vazifasida ishlagan. 

Oʻzbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston poytaxtiga yetib bordi.

U 2020-2024 yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi vazifasida ishlagan.

58 yoshli diplomat N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetini, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini, Jorjtaun universitetini (AQSh) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1990 yilda viloyat darajasida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida (hozirgi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan. Keyin Oʻzbekiston Prezidenti devoni, Bosh vazir kotibiyatida, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligida boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2002–2008 yillarda esa Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchisi va oʻrindoshlik asosida Moldovada elchi, shuningdek, Fransiyadagi va oʻrindoshlik asosida Portugaliyada elchi boʻlib ishlagan.

Ravshanbek Alimov 2008 yildan buyon TIV tizimida. Oʻtgan yillar davomida Moskvadagi elchixonada maslahatchi, markaziy apparatda boʻlim boshligʻi va boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

2020 yilda u senator etib saylandi. Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Alimov 2016-2024 yillarda Oʻzbekistonning Ashxoboddagi elchisi boʻlib ishlagan Akmal Qoʻchqorov oʻrniga tayinlandi.

Yangi tayinlangan elchi ingliz, fransuz, rus va ukrain tillarini mukammal biladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid