platina.uz

Oʻzbekiston JSTga aʼzolik boʻyicha Xitoy bilan muzokaralarni yakunladi

Avvalroq boshqa bir yirik davlat - AQSh bilan muzokaralar tugallangandi. Shunday qilib, 22 ta mamlakat bilan muzokaralar oxiriga yetkazildi.

Iqtisod
29-noyabr, 16:20
Oʻzbekiston JSTga aʼzolik boʻyicha Xitoy bilan muzokaralarni yakunladi

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlib kirish boʻyicha Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov maʼlum qildi.

Yaqinda AQSh bilan ham muzokaralar yakunlangan edi. AQSh va Xitoyning Jahon savdo tashkilotidagi nufuzini inobatga oladigan boʻlsak, bu muhim yutuq sanaladi.

"Yil yakuni Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga azoligi boʻyicha juda mazmunli boʻlmokda - ikkita eng yirik global savdo egalari - Amerika va Xitoy bilan muzokalar yakunlandi", deya yozgan Oʻrunov.

Shunday qilib, 22 ta mamlakat bilan muzokaralar oxiriga yetkazildi.

Eslatib oʻtamiz, noyabr oyi boshida AQSh Oʻzbekistonni JSTga kirishini qoʻllab-quvvatlashi maʼlum boʻlgandi. Muzokaralar 14 oy davom etdi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+