platina.uz
Jamiyat

Navoiyda ijtimoiy xarajatlar uchun 30 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi

Navoiy va Zarafshon shaharlaridagi liftlarni yangilash uchun 2,1 mlrd soʻm, Xatirchi tumanida xotira xiyobonini qurish uchun 500 mln soʻm, Nurota tugʻruqxona boʻlimi uchun 100 mln soʻm beriladi. 

Navoiyda ijtimoiy xarajatlar uchun 30 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi mablagʻ ajratish boʻyicha ikki qarorni eʼlon qildi. Ular turli xarajatlar, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, aholi farovonligini oshirish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni koʻzda tutadi.

Jumladan, birinchi hujjatga koʻra hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma obʼektlarini qurish va aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar uchun viloyat mahalliy byudjetini 2024 yil 1-2 va 3-choraklar daromadlarni rejadan orttirilib bajarilgan qismi hisobidan 13 430,0 mln.soʻm mablagʻ ajratilishi belgilangan.

Bunda "Yoshlar jamgʻarmasi" va "Ayollar daftari" jamgʻarmasiga 1 mlrd soʻmdan, viloyat hokimligiga 2,6 mlrd soʻm, viloyat kurash federatsiyasiga 342 mln soʻm, kechiktirib boʻlmaydigan va favqulodda xarajatlar uchun 7 mlrd 437 mln soʻm ajratiladi.

Ikkinchi hujjatda esa viloyat mahalliy byudjetini 2024 yil 3-chorak daromadlarni rejadan orttirilib bajarilgan qismi hisobidan 17 438,0 mln.soʻm mablagʻ ajratilishi maʼlum qilingan.

Masalan, Navbahor tumanidagi kasb-hunar maktabini rekonstruksiya qilish uchun 1 mlrd soʻm, Navoiy shahrida zamonaviy kutubxona qurish uchun ham 1 mlrd soʻm, Navoiy va Zarafshon shaharlaridagi liftlarni yangilash uchun 2,1 mlrd soʻm, Xatirchi tumanida xotira xiyobonini qurish uchun 500 mln soʻm, Nurota tugʻruqxona boʻlimi uchun 100 mln soʻm, Konimexdagi bogʻchani taʼmirlash uchun 100 mln soʻm, favqulodda va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa masalalar uchun esa 8 mlrd 20 mln soʻm ajratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid