platina.uz
Jamiyat

Farhod Mannopovning oʻlimida gumonlangan shifokorlar oqlandi

Ular 2 yil muddatga sohada ishlashdan mahrum etilib, turli muddatlarga ozodlikdan cheklash bilan jazolandi.

Farhod Mannopovning oʻlimida gumonlangan shifokorlar oqlandi

Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida bloger Farhod Mannopovning oʻlimi boʻyicha sud ishi tugab, 2 nafar shifokor aybsiz deb topilib, oqlandi.

Star Med Centr xususiy klinikasi otolaringologi A.X. va anesteziolog-reanimatologi J.Q. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, oqlandi.

A.X. va J.Q. Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 45-moddasini (muayyan huquqdan mahrum qilish) qoʻllagan holda 2 yil tibbiyot sohasida tegishliligi boʻyicha otolaringolog va anesteziolog-reanimatolog vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J.Q.ga Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida oʻtash uchun 2 yil tibbiyot sohasida anesteziolog-reanimatolog shifokor vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil 6 oy 27 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi qoldirilishi belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, Farhod Mannopov 2023 yil 5 mart kuni jarrohlik amaliyotidan keyin vafot etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid