platina.uz
Jamiyat

Baxtsiz hodisada jarohat olib, nogiron boʻlib qolgan fuqarolarga tovon puli undirib berildi

Ushbu masala boʻyicha "Hududgaztaʼminot" AJ raisi nomiga murojaatni qanoatlantirish boʻyicha xat yuborilgan, lekin soʻrov rad etilgan. Soʻngra sudga murojaat qilingan. 

Baxtsiz hodisada jarohat olib, nogiron boʻlib qolgan fuqarolarga tovon puli undirib berildi

Ish asnosida jarohat olib, baxtsiz hodisa tufayli nogiron boʻlib qolgan ishchilarga oyma-oy toʻlanadigan tovon undirib berildi.

Fuqarolar A.N.Saliyev, A.Turdiyev, S.A.Toʻraqulov, N.A.Akbarov, M.Ostanaqulovlar shuningdek, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar S.Ismoilova, G.Ismoilova, K.Mirzajonova va Z.T.Nuraliyevalar Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga “Hududgaztaʼminot” AJda mehnat jarayonida jarohatlanishi tufayli yetkazilgan zarar uchun oyma-oy toʻlanishi lozim boʻlgan tovon pullarining toʻlanmaganligi yuzasidan murojaat yoʻllagan.

Mazkur murojaat tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Bosh mehnat huquq inspektori B.Abdullayev va Bosh yuriskonsulti I.Isoqovlar tomonidan oʻrganilgan.

Oʻrganishlar natijasiga koʻra, “Hududgaztaʼminoti” AJ raisi nomiga murojaatni qanoatlantirish boʻyicha xat yuborilgan, lekin “Hududgaztaʼminoti” AJ rahbariyati tomonidan rad javobi berilgan.

Shundan soʻng, Respublika Kengashi tomonidan mehnatda jarohatlanish tufayli yetkazilgan tovon pullarini oyma-oy toʻlanishi boʻyicha 2024-yil 19 sentabr kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilgan.

Ushbu daʼvo arizasi boʻyicha 2024 yilning 25 noyabr sanasida oʻtkazilgan Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudi majlisida 9 nafar fuqarolarning huquqlari tiklanib, oyma-oy toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlar undirilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga erishildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid