Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ketadi
Uning oʻrniga Hisob palatasi raisi Adiz Boboyev tayinlanishi kutilyapti.

Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov sogʻligi yomonlashgani tufayli lavozimidan ketadi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Ayni paytda viloyatda xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Manbalarga koʻra, viloyat hokimi vazifasiga Hisob palatasi raisi Adiz Boboyev vaqtincha tayinlanishi kutilyapti.