platina.uz
Jamiyat

Erkinjon Turdimov faoliyatini Prezident administratsiyasida davom ettiradi

Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 

Erkinjon Turdimov faoliyatini Prezident administratsiyasida davom ettiradi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sogʻligʻi sabab ishdan ketishi haqida xabar berilgandi.

Prezident matbuot xizmati Turdimov lavozimidan ozod etilganini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, Erkinjon Turdimov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Platina.uz manbasiga koʻra, Erkinjon Turdimov Prezident administratsiyasida faoliyatini davom ettiradi.
Pezidentning tegishli farmoni bilan Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Erkinjon Turdimov 55 yoshda. U 1969 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1991—1995 yillarda "Oʻzsanoatqurilishbank" hududiy boʻlimlariga rahbarlik qilgan, 1996 yilgacha Zarafshon hokimi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 1996 yildan 2000 yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy boʻlimida boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2000 yildan 2008 yilgacha Xatirchi tumani hokimi boʻlgan. 2008—2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlagan. 2016 yil dekabridan Samarqand viloyatiga hokim boʻlguncha Surxondaryo viloyatini boshqarib kelgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid