platina.uz
Jamiyat

Diyoraning kimonosi va chempion bokschilar qoʻlqopi auksionda sotildi

Tushgan pullar oqqon va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.

Diyoraning kimonosi va chempion bokschilar qoʻlqopi auksionda sotildi

Toshkentda qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi doirasida oʻtgan xayriya kimoshdi savdosida 10 bosh uzum 30 mln, olimpiada qahramonlari – Diyora Keldiyorovaning kimonosi 6 mln, bokschilar qoʻlqopi esa 26 mln soʻmga sotildi.

Tashkilotchilarning aytishicha, tushgan pullar oqqon va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.

“Oʻzekspomarkaz”da oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida bemor bolalar tomonidan chizilgan suratlar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtgan. Anʼanaga koʻra suratlarga narx belgilanmagan, tashrif buyuruvchilar istagan narxlarida sotib olishlari mumkin edi.

Boks boʻyicha olimpiada chempionlarimiz imzolari tushirilgan qoʻlqopning bahosi esa qattiq kurash jarayonida 26 mln soʻmga qadar chiqdi va "Omonboy Farmonov" fermer xoʻjaligi rahbari, samarqandlik Joʻrabek Farmonov tomonidan xarid qilindi. U va oxirigacha kurashgan fermer ayol olimpiadachimiz Bahodir Jalolov bilan tushlik qilish huquqini ham qoʻlga kiritishdi.

Gʻolib bemor bolalar qoʻllab-quvvatlanayotganidan xursandligini bildirgan va kimononi yanagi savdolarga qoʻyish uchun “Sen kuchlisan” jamoasiga qayta hadya qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid