platina.uz
Jahon

AQShda Microsoft'ga qarshi keng koʻlamli tekshiruv boshlandi

Kompaniya yirik davlat pudratchisi boʻlib, AQShning koʻplab agentliklariga, jumladan Pentagonga milliardlab dollarlik dasturiy taʼminot va xizmatlarni taqdim etadi. 

AQShda Microsoft'ga qarshi keng koʻlamli tekshiruv boshlandi

AQSh Microsoft kompaniyasiga nisbatan keng koʻlamli tergov boshladi.

AQSh Federal Savdo Komissiyasi Microsoft korporatsiyasiga nisbatan keng koʻlamli monopoliyaga qarshi tekshiruv boshladi, deb xabar bermoqda Bloomberg va boshqa Amerika OAV oʻz manbalariga asoslanib.

Tekshiruv kompaniya faoliyatining turli jihatlariga, jumladan, bulutli hisoblash, kiberxavfsizlik va sunʼiy intellekt sohasidagi ishlanmalarga tegishli.

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, savdo komissiyasi kiberxavfsizlik hodisalaridan keyin Microsoft'ni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Kompaniya yirik davlat pudratchisi boʻlib, AQShning koʻplab agentliklariga, jumladan Pentagonga milliardlab dollarlik dasturiy taʼminot va xizmatlarni taqdim etadi.

Microsoft'ga yuborilgan maktubda FSK tergovda yordam beradigan maʼlumotni soʻradi, dedi CNN'ga masaladan xabardor manba.

Microsoft esa izoh berishdan bosh tortgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid