platina.uz
Jamiyat

Qimor oʻyinlarini targʻib etuvchi oʻttizga yaqin sayt bloklandi

Raqobat qoʻmitasi qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni targʻib qilishga qaratilgan veb-saytlar boʻyicha tahlillar oʻtkazgan. 

Qimor oʻyinlarini targʻib etuvchi oʻttizga yaqin sayt bloklandi

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarri targʻib etayotgan oʻttizga yaqin sayt bloklandi.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni targʻib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy oʻrganish va tahlillar olib borilmoqda.

Reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar koʻrish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Bunda, bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targʻib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari koʻrilmoqda.

Xususan, amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 42 ta veb-saytni bloklash boʻyicha AOKAga takliflar kiritilgan.

Shundan 30 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid