platina.uz
Jamiyat

Dekabr boshida Oʻzbekiston boʻylab qor yogʻishi kutilmoqda

29 noyabr - 1 dekabr kunlari uchun ob-havo kutilmalari eʼlon qilindi. Hududlardagi yomgʻir qorga aylanishi mumkin. 

Dekabr boshida Oʻzbekiston boʻylab qor yogʻishi kutilmoqda
Foto: Platina.uz

Oʻzbekistonda dekabr boshida harorat pasayib, qor yogʻishi mumkin.

"Oʻzgidromet" 29 noyabr - 1 dekabr kunlari uchun ob-havo kutilmalarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 30 noyabr-1 dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 30 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1 dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi va kunduzi 8-13° iliq; 30 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 1 dekabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliq: choʻl hududlarda 29 noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 30 noyabr-1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1 dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 30 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1 dekabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1 dekabrda baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 1 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Vodiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 29 noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 30 noyabr-1 dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat 29 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30 noyabrda kechas 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 1 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid