Andijonda turli xarajatlar uchun byudjetdan katta mablagʻ ajratildi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi maʼmuriy bino-inshootlarini rekonstruksiya qilishga bir milliard soʻm beriladi.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi mablagʻ ajratish boʻyicha biryoʻla uchta qaror chiqardi.
Har uchchala qaror 26 noyabr kuni eʼlon qilingan, mahalliy byudjetning 3-choragida orttirilgan mablagʻlarni ishlatishni koʻzda tutadi.
Jumladan, viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" DUKga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi maʼmuriy bino-inshootlarini rekonstruksiya qilishga 1,0 (bir) milliard soʻm;
- viloyat "Bolalar shaharchasi" bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlariga latok yuzlariga temir panjaralar hamda quyosh panel uchun 692,0 (olti yuz toʻqson ikki) million soʻm;
- viloyat mudofaa ishlari boshqarmasiga kompyuter jamlanmasi sotib olish xarajatlariga 620,0 (olti yuz yigirma) million soʻm;
- viloyat sport boshqarmasiga shaxmatni rivojlantirish uchun jihozlar va tovar moddiy boyliklar uchun 300,0 (uch yuz) million soʻm;
- Oltinkoʻl tumani mahalliy byudjetiga Dalvarzin MFYda gulchilikni rivojlantirish obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xarajatlariga 1,0 (bir) milliard soʻm;
- viloyat yoshlar ishlari boshqarmasiga 30 iyunda oʻtkazilgan "Yoshlar kuni" tadbiri qarzdorligi uchun 871,0 (sakkiz yuz yetmish bir) million soʻm;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga tugmali svetafor qurilmalari va shovqin chiziqlari chizish uchun 850.0 (sakkiz yuz ellik) million soʻm;
- viloyat transport boshqarmasiga bosh reja ishlab chiqish uchun 500,0 (besh yuz) million soʻm;
- viloyati hokimligi huzuridagi "koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash boʻyicha injiniring kompaniyasi" DMga Andijon shahar "Qoʻshariq" MFY va "Istiqlol" MFY hududlariga bolalar maydonchasi qurish va taʼmirlash xarajatlari uchun 140.0 (bir yuz qirq) million soʻm hamda "Shifokor" MFY hududidagi 10 ta koʻp qavatli uylarning fasad, kozerog qismlari, kirish yoʻlaklari va 1 dona bolalar maydonchasini taʼmirlash va uylarning piyodalar yurish yoʻllarini beton qorishma bilan qoplash uchun 650.0 (olti yuz ellik) million soʻm taqdim etiladi.
Jami 6 623,0 (olti milliard olti yuz yigirma uch) million soʻm miqdorida mablagʻlar ajratilishi belgilangan.
Ikkinchi hujjatga koʻra, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga "tibbiyot xodimlari kuni" tadbir xarajatlari uchun 532,0 (besh yuz oʻttiz ikki) million soʻm;
- viloyat turizm boshqarmasiga tadbir xarajatlari uchun 161 280,0 ming soʻm viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" DUKga Marxamat tumanidagi 20-sonli maktabni issiqlik tizimini mukammal taʼmirlash ishlariga 100,0 (bir yuz) million soʻm;
- viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" DUKga viloyat "Bolalar shaharchasi" bino inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlariga latok yuzlariga temir panjaralar uchun 200,0 (ikki yuz) million soʻm hamda obodonlashtirish ishlariga 200,0 (ikki yuz) million soʻm;
- viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" DUKga "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filialiga aholini elektr taʼminoti bilan taʼminlash uchun elektr jihozlar sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarga 1,0 (bir) milliard soʻm;
- viloyat hokimligi ishlar boshqarmasiga hokimiyat balansidagi avtomashinalarni taʼmirlash xarajatlari uchun 84,0 (sakson toʻrt) million soʻm;
- Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi kotibiyatiga xodimlariga qoʻshimcha ish haqi xarajatlariga 16,0 (oʻn olti) million soʻm;
- viloyati hokimligi huzuridagi "koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash boʻyicha injiniring kompaniyasi" DMga Andijon shahar Mashʼal MFYdagi 7-sonli koʻp qavatli uyning tom qismini taʼmirlash xarajatlari uchun 250,0 (ikki yuz ellik) million soʻm jami 2 543 280,0 (ikki milliard besh yuz qirq uch million ikki yuz sakson) ming soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi.
Viloyat byudjetining 2024 yil 3-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan Andijon tuman mahalliy byudjetiga tuman koʻchalarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish yoqilgʻi sotib olish xarajatlar uchun 100,0 (bir yuz) million soʻm;
-Andijon shahar mahalliy byudjetiga koʻchalarni obodonlashtirish va yoqilgʻi sotib olish xarajatlar uchun 300,0 (uch yuz) million soʻm;
- Paxtaobod tumani mahalliy budjetiga tuman markaziy koʻcha yoʻl chetlarida piyodalar yoʻlaklarini barpo etish, yoʻlaklar chetiga panjarali toʻsiqlar oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 200,0 (ikki yuz) million soʻm;
- gul koʻchatlari uchun 200,0 (ikki yuz) million soʻm, jami 800 (sakkiz yuz) million soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi.