platina.uz
Jahon

Tramp Kanada, Meksika va Xitoydan kelayotgan mahsulotlarga qarshi yirik bojlar kiritishini eʼlon qildi

Bu noqonuniy immigratsiya, jinoyatchilik va chegara orqali mamlakatga kirib kelayotgan narkotik moddalarga javob boʻladi, deydi u. 

Tramp Kanada, Meksika va Xitoydan kelayotgan mahsulotlarga qarshi yirik bojlar kiritishini eʼlon qildi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp oʻz lavozimiga kirishgandan soʻng, Meksika, Kanada va Xitoydan keladigan tovarlarga boj toʻlovlarini oshirishga vaʼda berdi.

Trampning soʻzlariga koʻra, bu noqonuniy immigratsiya, jinoyatchilik va chegara orqali mamlakatga kirib kelayotgan narkotik moddalarga javob boʻladi.

"Men AQShga bemaʼni tarzda ochiq chegaralar orqali kiradigan Meksika va Kanada tovarlariga 25% tarif joriy etish uchun barcha kerakli hujjatlarni imzolayman", deb yozdi u oʻzining Truth Social sahifasida.

" Ushbu tarif giyohvand moddalar, xususan fentanil va barcha noqonuniy xorijliklar mamlakatimizga bostirib kirishni toʻxtatmaguncha amal qiladi", deydi u.

Tramp, shuningdek, Xitoydan keladigan barcha tovarlarga qoʻshimcha 10 foizlik boj joriy etishini aytdi.

"Men Xitoy bilan Amerika Qoʻshma Shtatlariga kelayotgan katta miqdordagi giyohvand moddalar, xususan fentanil haqida koʻp marta gaplashganman, ammo foydasi yoʻq", dedi Tramp.

Uning taʼkidlashicha, Xitoy rasmiylari unga giyohvand moddalar savdogarlariga oʻlim jazosini qoʻllashni vaʼda qilgan, ammo "ular vaʼdalarini bajarmagan va giyohvand moddalar mamlakatga yogʻilgan".

Eslatib oʻtamiz, Tramp 2017-2021 yillardagi hukmronligida ham Xitoy bilan "savdo urushi" olib borgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid