platina.uz

Tadbirkorlar uchun kreditdan tezroq va qulayroq xizmat – faktoring

MKBANK taklif etayotgan bunday xizmatlar qisqa muddatda, kredit esa 1-5 kungacha rasmiylashtiriladi, kreditdan farqli ravishda garov talab etilmaydi.

Biznes
26-noyabr, 13:45
Tadbirkorlar uchun kreditdan tezroq va qulayroq xizmat – faktoring

Bugun faktoring tushunchasi va uning qator qulayliklari borasida koʻplab savollar tugʻilmoqda. Ana shu savollar yuzasidan “Mikrokreditbank” ATB Faktoring xizmatlarini koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Abdusamad Sultonov izoh berib oʻtdi.

1. Faktoring xizmati oʻzi nima, uning tadbirkorlar uchun qanday afzalliklari bor?

Fuqarolik kodeksida (42-bob, 749-758-moddalar) faktoring tushunchasi keltirilgan boʻlib, faktoring – pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish xizmati hisoblanadi. Yoki oddiy qilib aytganda, faktoring – bu kelgusidagi tushumni hozirgi pul mablagʻlariga almashtirish desa ham boʻladi.

Faktoringni moliya agenti sifatida banklar va boshqa kredit tashkilotlari tuzishi mumkin. Faktoringning bir qator afzalliklari mavjud, xususan:

  • garov taʼminoti talab qilinmaydi (garov sifatida debitorlik qarz qaraladi);
  • tadbirkorlarning aylanma mablagʻlari uzluksizligi taʼminlanadi;
  • mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi talab etilmaydi.

2. Faktoring xizmatining qanday turlari bor va ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

Faktoring xizmatining bir nechta asosiy turlari mavjud boʻlib, bular:

  • Anʼanaviy, teskari (reversiv), bir faktorli, koʻp faktorli, regress huquqi bilan, regress huquqisiz, ochiq va yopiq turlari.
  • Anʼanaviy faktoring bu faktoring amalga oshirish tashabbuskori – tovar yetkazib beruvchi tadbirkor;
  • Teskari (reversiv) faktoring bu tashabbuskor – sotib oluvchi tadbirkor;
  • Bir faktorli bu mahalliy faktoring amaliyotlarida qoʻllaniladi;
  • Koʻp faktorli bu xalqaro faktoring amaliyotlariga mos xizmat.

3. Faktoring bilan kredit oʻrtasidagi farq nimada?

Faktoring xizmatlari va kredit amaliyotlari bir-biridan farq qiladi. Faktoring xizmatlari qisqa muddatda, kredit esa 1-5 kungacha muddatda rasmiylashtiriladi. Shuningdek, faktoring xizmatida garov talab etilmaydi, kredit uchun esa garov shart hisoblanadi.

4. Faktoring xizmatidan foydalanish uchun qayerga murojaat qilish kerak va qanday hujjatlar talab etiladi?

Bugungi kunda barcha tijorat banklarida faktoring xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, mijozlarimiz MKBANKning oʻziga yaqin boʻlgan bank filialiga murojaat qilishlari mumkin. Bugun tijorat banklari tomonidan integratsiya qilingan elektron platformalardan foydalangan holda faktoring xizmatlaridan foydalanish imkoniyati kengaygan.

Shu oʻrinda faktoring xizmati kimlarga kerakligi haqida ham aytib oʻtsam: korporativ, kichik va oʻrta biznes vakillari, ishlab chiqaruvchilar, savdo kompaniyalari.

Demak, faktoring xizmati orqali tadbirkorlarning aylanma mablagʻlari uzluksizligi va eng muhimi, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligi taʼminlanadi. Faktoring xizmatidan asosan kechiktirilgan toʻlovli savdolarda foydalaniladi va korxonalarga tezkor moliyaviy resursga ega boʻlish imkonini beradi.

Shuningdek, MKBANKning faktoring xizmati haqida bu yerda maʼlumotga ega boʻlasiz.

Bank Axborot xizmati

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+