platina.uz
Jamiyat

Quvasoyda davlat va jamiyat manfaatlariga milliardlab zarar yetkazilgani aniqlandi

“Quvasoy-1” qum-shagʻal koni hududidan ajratilgan yer maydonidan 18 344 kub. metr qum-shagʻal aralashmasi oʻzboshimchalik bilan qazib olingan. 

Quvasoyda davlat va jamiyat manfaatlariga milliardlab zarar yetkazilgani aniqlandi

Quvasoy shahrida 4,1 mlrd soʻmlik qum shagʻal aralashmasini oʻzboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazigan.

Unda “F.X.” MChJ masʼul shaxslari geologik jihatdan oʻrganish ishlarini olib borish uchun “Quvasoy-1” qum-shagʻal koni hududidan ajratilgan yer maydonidan 18 344 kub. metr qum-shagʻal aralashmasini oʻzboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,1 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid