platina.uz
Siyosat

Prezident havo va temir yoʻldagi ishlarni tanqid qildi

Soha rahbarlari ish uslubi va yondashuvlarini keskin oʻzgartirishi, transformatsiyani jadallashtirishi, qurilish va modernizatsiya loyihalarini sifatli bajarishi kerakligi aytildi.

Prezident havo va temir yoʻldagi ishlarni tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni temir yoʻl va aviatsiya sohasidagi rejalar taqdimoti bilan tanishib, har ikki yoʻnalishdagi ishlarni tanqid ostiga oldi.

"Endi soha rahbarlari ish uslubi va yondashuvlarini keskin oʻzgartirib, natijani taʼminlashi zarur. Buning uchun, avvalo, sohada transformatsiyani jadallashtirish, qurilish va modernizatsiya loyihalarini sifatli bajarish lozim. Xalqaro kredit reytingi olish, davlat kafolatisiz mablagʻ jalb qilish, investitsiyalarni samarali ishlatish ham muhim vazifalar qatorida", dedi davlat rahbari.

Uning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston havo yoʻllari hali aholini rozi qiladigan darajaga yetgani yoʻq. Xalqaro reyting olib, tashqi bozorga chiqish kechikyapti. Oqibatda tannarx yuqoriligi uchun chipta narxida sezilarli oʻzgarish yoʻq. Xarajatlarni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi sust.

Shu bois Shavkat Mirziyoyev konsalting kompaniyasini jalb qilib, transformatsiya boʻyicha aniq dastur va “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish vazifasini qoʻydi.

Masalan, Samarqand aeroporti xususiy boshqaruvga berilgach, parvozlar va yoʻlovchilar soni 5 barobar oshgan. Endi Namangan, Andijon, Buxoro va Urganch aeroportlarida ham shunday maqsad koʻzlangan. Yil yakunigacha aeroportlarda qoʻshimcha xizmatlarni 2 karra koʻpaytirish, daromadni 25 foiz oshirish moʻljallangan.

Xalqaro bozordan mustaqil resurs jalb qilish, Navoiy aeroporti terminalidan toʻliq foydalanish choralari belgilandi.

Davlat rahbari mazkur uchta kompaniyada raqamlashtirishni jadallashtirish, rejalarni qayta koʻrib chiqib, iqtisodiy natijadorlikni oshirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid