platina.uz
Madaniyat

Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshi oshiriladi

Oyliklar yilda ikki marta: yanvarda 20 foizga, iyulda 15 foizga koʻtariladi. 

Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshi oshiriladi

Keyingi yilda davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi ikki marta oshiriladi.

“Madaniyat va sanʼat, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-400-son, 22.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:

-2025 yil 1 yanvardan boshlab – 20 foizga;

-2025 yil 1 iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, madaniyat xodimlari ish haqini oshirish 22 noyabrda oʻtgan prezident yigʻilishida maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid