platina.uz
Jamiyat

Byudjetdan millionlarni oʻzlashtirgan tadbirkor 16,5 mln jarima bilan qutuldi

U Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdori bilan til biriktirgan.

Byudjetdan millionlarni oʻzlashtirgan tadbirkor 16,5 mln jarima bilan qutuldi

Jizzax viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Zomin tuman sudining ochiq sayyor sud majlisida byudjet pullarini oʻzlashtirgan tadbirkor ishi koʻrib chiqildi. Mazkur sud hujjati Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Sudlanuvchi R.S. "X" masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari boʻlib ishlab kelib, Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdori bilan til biriktirgan.

U “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hamda oʻzining rahbarligidagi jamiyat oʻrtasida 2022 yil 27 aprelda 14.453.753.100 soʻmlik pudrat shartnomasi tuzilgach, bajarilgan qurilish ishlari nazorat oʻlchovidan oʻtkazilganida, loyiha-smeta va bajarilgan ishlar yuzasidan tuzilgan hujjatlarga nisbatan jami 150.447.500 soʻmlik, yaʼni 66.282.300 soʻmlik tashqi obodonlashtirish, asfalt yotqizish va metall toʻsiq oʻrnatish ishlari va 84.165.200 soʻmlik boshqa qurilish ishlari bajarilmaganligi hamda 11.604.300 soʻmlik sifatsiz ishlarni qoʻshib yozgan, natijada koʻp miqdordagi byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari R.S. bajarilgan ishlar yuzasidan tuzilgan dalolatnoma (forma-3, forma-5)ga haqiqatda bajarilmagan 150.447.500 soʻmlik qurilish ishlari hamda 11.604.300 soʻmlik sifatsiz ishlarni koʻshib yozib, rasmiy hujjatlarga yolgʻon maʼlumotlar kiritib, qalbakilashtirgan.

Sudda R.S. aybiga toʻliq iqrorlik bildirdi. Uning aybliligi bundan tashqari guvohlar koʻrsatmasi va dalillar bilan oʻz isbotini topgan. Unga JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil toʻlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 55 (ellik besh) baravari, yaʼni 16.500.000 soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Jinoyat oqibatida yetkazilgan zararlar toʻliq qoplanganligi va fuqaroviy daʼvogarning sudlanuvchiga daʼvosi yoʻqligi inobatga olingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid