platina.uz
Jamiyat

Yangi mudofaa vaziri haqida nimalarni bilamiz?

Shuhrat Xolmuhamedov shu paytgacha bir qator jiddiy lavozimlarda ishlagan, general-mayor unvoniga ega.

Yangi mudofaa vaziri haqida nimalarni bilamiz?

Xolmuhamedov Shuhrat Gʻayratjonovich prezident farmoni bilan Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Xoʻsh, yangi vazir haqida nimalar maʼlum?

U Fargʻonada tugʻilgan, ammo tarjimai holi haqida maʼlumot topilmadi. Lekin shu paytgacha bir qator jiddiy lavozimlarda ishlagan. 1999 yildan beri harbiy sohada.

Xususan, u avval mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish boʻyicha oʻrinbosari, 2018-2021 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari, prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

2021 yil 23 martdan beri Mudofa vazirining birinchi oʻrinbosari – Bosh shtab boshligʻi lavozimida edi. Bunda u Pavel Ergashevning oʻrniga tayinlangan edi.

2016 yilda Shuhrat Xolmuhamedov "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan.

22 noyabr kuni mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi boʻldi, DXX raisi Abdusalom Azizov esa Xavfsizlik kengashi ixtiyoriga oʻtkazildi.

Boʻshab qolgan mudofaa vaziri lavozimiga Shuhrat Xolmuhamedov tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid