platina.uz
Jamiyat

Toshkentda jamoat transporti narxi yana oshishi kutilyapti

2025 yil 1 yanvardan kuchga kirishi belgigangan qaror loyihasi jamoatchilik muhkamasiga qoʻyildi.

Toshkentda jamoat transporti narxi yana oshishi kutilyapti

2025 yil 1 yanvardan Toshkent shahri jamoat transporti yoʻnalishlarida (avtobus va metropoliten) yoʻl haqi 3 ming soʻmga oshirilishi mumkin.

Bu haqdagi hujjat loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar muhokamasi portaliga joylashtirilgan. Unga koʻra:

  • bir yoʻlovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3000 soʻm. Bunda, bir yoʻlovchi qatnovi uchun 1 martalik toʻlovni elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshirilganda ragʻbatlantiruvchi chegirma qoʻllanilgan holda – 1700 soʻm;
  • bir yoʻlovchining bagajini tashish boʻyicha xizmat uchun – 4 000 soʻm;
  • qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 1600 soʻm etib belgilanadi.

Qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan transport kartalarining va transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yoʻnalishli yoʻlovchi transportidan boshqasiga oʻtish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari oʻzgarishsiz qoldiriladi.

Toshkent shahri yoʻnalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yoʻlkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yoʻlkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.

Eslatib oʻtamiz, yoʻlkira 2023 yil noyabrda 1400 soʻmdan 2000 soʻmgacha oshirilgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid