Shuhrat Ibragimov Bosh vazir yordamchisi etib tayinlandi
Bungacha Sarvar Ashurov Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri sifatida ishlab kelgan.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Ibragimov Shuhrat Musojonovich Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Shu munosabat bilan, Ashurov Sarvar Gʻaniyevich Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimidan ozod qilindi.
Shuhrat Ibragimov bunga qadar Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudirining oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.