Shavkat Mirziyoyev Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi boʻldi
Otabek Umarov esa raisning birinchi oʻrinbosari lavozimiga saylandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi lavozimiga bir ovozdan saylandi.
Bugun qoʻmita bosh assambleyasi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Shuningdek, bosh assambleya MOQ raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Otabek Umarovni, rais oʻrinbosari lavozimiga Sherzod Tashmatovni, qoʻmita bosh kotibi lavozimiga Oybek Qosimovni sayladi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, sport vaziri Adham Ikramov, Bosh assambleya aʼzolari, shuningdek, federatsiya va assotsiatsiyalarning masʼullari ham qatnashdi.