platina.uz
Jahon

Qirgʻizistonda korrupsionerlardan 125 mlrd som davlat gʻaznasiga qaytarildi

Bu 2020-2024 yillardagi ishlarni oʻz ichiga oladi, deya maʼlumot bergan Milliy xavfsizlik qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiyev. 

Qirgʻizistonda korrupsionerlardan 125 mlrd som davlat gʻaznasiga qaytarildi

Qirgʻizistonda gʻaznaga 125 milliard somgacha boʻlgan aktivlar qaytarildi.

Bu haqda Milliy xavfsizlik qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiyev maʼlum qildi, deb yozadi Kaktus.media.

Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbarining aniqlik kiritishicha, davlat korrupsiyaga qarshi kurash doirasida 2020 yildan 2024 yilgacha koʻrsatilgan miqdorni qaytargan. Shu bilan birga, u bunday tadbirlar davom etishi va barcha ayblanuvchilar jazolanishiga ishontirdi.

"Ilgari korrupsionerlar jarimadan qutulib, ozod boʻlib qolishgan. Biroq, yangi qonun qabul qilingandan keyin ular nafaqat jarima toʻlaydi, balki qamoq jazosini ham oʻtaydi", — deya taʼkidladi Tashiyev.

Qizigʻi shundaki, Tashiyev 20 noyabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida davlat 125 milliard dollarni qaytarishga muvaffaq boʻlganini aytdi. Keyinroq Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi aniqlik kiritdiki, gap som valyutasi haqida ketyapti.

Joriy yilning iyul oyida Qirgʻiziston prezidentining amakivachchasi Ulan Japarovning ayniqsa katta hajmdagi firibgarlikda gumonlanib hibsga olinishi xabar berilgandi. U avvalroq bojxonadagi korrupsion sxemalar boʻyicha qoʻlga olingan edi. Biroq oradan toʻrt oy oʻtib ular uy qamogʻiga qoʻyib yuborildi va ish sudga yuborildi.

Sadir Japarov qarindoshining hibsga olinishini izohlar ekan," korrupsiyaga qarshi kurashda hech kimga imtiyoz olish yoʻq", dedi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid