platina.uz
Jamiyat

Onkologik kasalliklarga chalingan ayollar bepul davolanadi

30 dan 65 yoshgacha boʻlgan ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan oʻtkaziladi. 

Onkologik kasalliklarga chalingan ayollar bepul davolanadi

Endi onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi. “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-402-son, 22.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (roʻyxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy koʻrikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon boʻyni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan oʻtkaziladi. Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bogʻliq xarajatlar byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab:

- onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar shtatlari joriy etiladi;

-Mammografiya tasvirini oʻqish markazi tashkil etiladi;

-odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qoʻllanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish boʻyicha referens-laboratoriya faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

-bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.

2025 yil 1 mayga qadar:

-bachadon boʻyni saratoni skriningi va koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi;
-skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid