platina.uz
Jamiyat

Litvada yuk samolyoti turar-joy binosi ustiga quladi

Samolyot bortida toʻrt uchuvchi borligi maʼlum, hozircha ulardan biri qutqarilgan. 

Litvada yuk samolyoti turar-joy binosi ustiga quladi

25 noyabr kuni ertalab Vilnyus aeroporti yaqinida DHL yuk samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Reuters agentligi aeroport rasmiylari va Litva politsiyasiga asoslanib xabar berdi.

Delfi xabariga koʻra, samolyot ikki qavatli turar-joy binosi ustiga qulagan. Voqea joyida katta yongʻin kelib chiqqan.

Samolyotda toʻrt kishi boʻlganligi aytilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uchuvchilardan biri qutqarib qolgan. Yana bir kishining oʻlimi tasdiqlangan. Uyda yashovchilarga zarar yetmagan.

Flightradar 24 xizmati maʼlumotlariga koʻra, gap Leypsigdan uchayotgan Boeing 737 yuk samolyoti haqida ketmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid