platina.uz

Ekinlarini sovuq urgan dehqonlar sugʻurta qilinadi

Oʻtgan yilgi qishda 9 ming gektar bogʻ va 4 ming gektar uzumzorni sovuq urgani oqibatida 207 ming tonna hosil nobud boʻlgan.

Iqtisod
25-noyabr, 20:21
Ekinlarini sovuq urgan dehqonlar sugʻurta qilinadi
Foto: Platina.uz

Endi ekinlarini sovuq urgan dehqon va fermerlar bunday tavakkalchiliklardan sugʻurta qilinadi. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, paxta va gʻalla hosildorligini oshirish boʻyicha takliflar taqdimotida shu haqda soʻz boradi.

Qayd etililicha, xorijiy mutaxassislar bilan birga “Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Masalan, oʻtgan yilgi qishda 9 ming gektar bogʻ va 4 ming gektar uzumzorni sovuq urgan va oqibatda 207 ming tonna hosil nobud boʻlgan.

Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻtkazgan taqdimotda aytilishicha, kelgusi yil 4 million 800 ming gektarda ekinlar yetishtirish moʻljallangan. Shundan 2 million gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, kartoshka, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi. Ularning dalalarda joylashtirilishi va hosilning zaxiraga jamlanishi monitoring qilib boriladi.

Xususan, aholiga birlamchi zarur boʻlgan 10 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining tizimli hisob-kitobi yuritiladi. Bunda har bir tuman kesimida qanday mahsulot yetishtirilishi va ichki bozor uchun qancha zaxira qilinishi mujassam boʻladi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+