IIV jinoyat qidiruv xizmati boshligʻi va Toshkent shahar IIBB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshligʻi, Toshkent shahar IIBB boshligʻining birinchi oʻrinbosari hamda Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi lavozimidan ozod etildi.

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshligʻi polkovnik Atxamov Axrorjon Xalimjonovich lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Tashxodjayev Doniyor Baxtiyarovich ham ishdan olindi.

Toshkent shahar IIBB boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Sobirov Timur Akramovich lavozimidan ozod etildi.