platina.uz
Madaniyat

Taniqli bolalar shoiri 95 yoshida vafot etdi

Oʻta Berdiyorning "Qachon odam boʻlaman?"," Ikki mehr birlashsa", "Bahor sanʼati"," Choʻpon bola orzusi" va boshqa toʻplamlari nashr etilgan. 

Taniqli bolalar shoiri 95 yoshida vafot etdi

Taniqli bolalar shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Oʻta Berdiyor 95 yoshda vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Oʻta Berdiyor 1930 yil 12 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Gʻallachi qishlogʻida tugʻilgan. 1949 yili Buxoro davlat pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan.

Shoir oʻzining uzoq yillik umri va mehnat faoliyatini maktabga, bolalar tarbiyasiga baxshida etgan. 1949 yildan 1994 yilgacha Chiroqchi tumanidagi 27-maktabda tarix fanidan dars bergan.

Uning taʼlim-tarbiya sohasidagi mehnatlari "Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi" koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan.

Shoirning "Qachon odam boʻlaman?"," Ikki mehr birlashsa", "Bahor sanʼati"," Choʻpon bola orzusi", "Jilgʻaning yoʻli"," Ertaklar", "Koʻngil va muhabbat qarimaydi"," Qirq oyoqqa qirq paypoq", "Ota nasihati" nomli bolalarga bagʻishlangan sheʼrlar va ertaklar toʻplamlari nashr etilgan.

Oʻta Berdiyor bolalarga bagʻishlab yozilgan "Tasalli" va "Oriyat" nomli kitoblari uchun 2024 yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining "Vatan uchun yashaylik" tanlovi gʻolibi boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid