Sportning voleybol turi boʻyicha Toshkent shahar final bosqichi oʻtkazildi
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida sport musobaqalari ham oʻtkazilmoqda.

21 noyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yigitlar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha Toshkent shahar final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda poytaxtda joylashgan 7 ta oliy taʼlim muassasalari, xususan, Oʻzbekiston milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Oriental universitetidan saralangan eng kuchli jamoalar gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
I oʻrin — Oʻzbekiston Milliy universiteti;
II oʻrin — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
III oʻrin — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.




