Rossiya Ukrainaga ballistik raketa bilan zarba berdi: tafsilotlar
Mamlakat prezidenti Vladimir Putin xalqqa hujum yuzasidan murojaat qildi. Uning aytishicha, bu Gʻarb raketalarining Rossiyaga zarbalari uchun javobdir.

Rossiya ilk bor Ukrainada qitʼalararo ballistik raketa qoʻlladi.
Mamlakat prezidenti Vladimir Putin maxsus videomurojaat qilib, 21 noyabr kuni Dnepr shahriga soʻnggi "Oreshnik" raketa majmuasidan yadrosiz kallak bilan zarba berilganini aytdi.
Bu gʻarb ekspertlari ilgari taxmin qilganidek, oʻrta masofaga uchuvchi raketa edi.
Rossiya prezidentining aytishicha, 19 noyabr kuni Ukraina Rossiyaga 6 ta Amerika ATACAMS raketasi bilan hujum qilgan, keyin Britaniyaning Storm Shadow raketalari ishlatilgan. ATACAMS Bryansk viloyatidagi harbiy nishonlarga, Kursk viloyatiga esa bu Storm Shadow bilan hujum qilingan.
Avvalroq OAV Kursk viloyatidagi yer osti qoʻmondonlik punkti Storm Shadow hujumiga uchragan boʻlishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Moskva hozircha bu xabarlarga izoh bermadi. Putin endi hujum nishoni qoʻmondonlik punkti boʻlganini tasdiqladi.
Oʻz navbatida Rossiya ballistik raketa zarbasi boʻyicha AQShni xabardor etgan.
Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Putin keskinlikni kuchaytirish uchun yana bir bor qadam tashlaganini aytib chiqdi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev esa Ukrainadagi vaziyat sabab hukumat yigʻilishi oʻtkazishi buyurgan.