Andijonda eng katta byudjet defitsiti aniqlandi
Defitsitni qoplash uchun byudjet transferti olishda ham viloyat yetakchilik qilmoqda.
2024 yilning 9 oyida mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi farq, yaʼni mahalliy byudjetlarning defitsiti 19,9 trln soʻmni tashkil etgan.
Eng katta defitsit Andijon viloyatida toʻplangan. Viloyatda mahalliy byudjet daromadlari 2,7 trln soʻmni, xarajatlari esa 4,8 trln soʻmni, defitsit 2,1 trln soʻmni tashkil etgan. Bu hududlar byudjetida qayd etilgan eng katta defitsit.
Eng intizomli mahalliy byudjet Navoiy viloyatida shakllangan – defitsit salkam 600 mlrd soʻm. Defitsitni qoplash uchun byudjet transferti olishda ham Andijon viloyati yetakchi boʻlgan (1 685,7 mlrd soʻm) va bu borada Qoraqalpogʻistonni (1 660,6 mlrd soʻm) ortda qoldirgan.