Vazir Mahkamasi aʼzolari tayinlandi
Aʼzolar dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullangan.

Prezident farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi aʼzolari tayinlandi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024 yil 21 noyabrdagi tegishli qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzoligiga nomzodlar maʼqullangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq:
Achilbay Jumaniyazovich Ramatov – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari;
Djamshid Anvarovich Kuchkarov – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri;
Jamshid Abduxakimovich Xodjayev – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari;
Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi;
Laziz Shavkatovich Kudratov – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
Botir Erkinovich Zaxidov- Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri;
Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov – Qishloq xoʻjaligi vaziri;
Shavkat Raximovich Xamrayev – Suv xoʻjaligi vaziri;
Sherzod Saidjanovich Xidoyatov – Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri;
Ilxam Rustamovich Maxkamov –Transport vaziri;
Joʻrabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov- Energetika vaziri;
Bobir Farxadovich Islamov – Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri;
Sherzod Xotamovich Shermatov – Raqamli texnologiyalar vaziri;
Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov –Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri;
Asilbek Anvarovich Xudayarov – Sogʻliqni saqlash vaziri;
Xilola Uktamovna Umarova – Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri;
Kongratbay Avezimbetovich Sharipov – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;
Adxam Ilxamovich Ikramov – Sport vaziri;
Ozodbek Axmadovich Nazarbekov- Madaniyat vaziri;
Akbar Djurabayevich Tashkulov – adliya vaziri;
Baxtiyor Odilovich Saidov – tashqi ishlar vaziri;
Abdulla Xamidullayevich Kuldashev – favqulodda vaziyatlar vaziri;
Poʻlat Razzaqovich Bobojonov – ichki ishlar vaziri;
Baxodir Nizamovich Kurbanov – mudofaa vaziri Vazirlar Mahkamasi aʼzolari etib tayinlandi.