platina.uz
Jamiyat

“Umra” ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta tur firmaga litsenziya berildi — roʻyxat

Sayyohlik firmalarining 6 tasi Toshkent shahrida, 3 tasi Namangan viloyatida joylashgan. Shuningdek, Xorazm, Fargʻona va Andijon viloyatlarida ham bittadan litsenziyaga ega firmalar joylashgan.

“Umra” ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta tur firmaga litsenziya berildi — roʻyxat

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish boʻyicha tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq quyidagi talabgorlar tanlov gʻolibi deb topildi:

  1. “Ihlos travel 1” MChJ;
    (Andijon viloyati, Andijon shahar, Oʻzbegim MFY, Bobur shox koʻchasi 40v-uy)
  2. “Yuksak travel Air” XK;
    (Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar, B.Margʻiloniy koʻchasi 3b-uy)
  3. “Muhtasham travel” MChJ;
    (Namangan viloyati, Namangan sh, Shodlik MFY, A.Navoiy koʻchasi 2/1-uy, 3s-xonadon)
  4. “Musaffo turizm xizmati” MChJ;
    (Namangan viloyati, Namangan shahar, Bobur mavzesi 10,4-uy)
  5. “Risola travel lux” MChJ;
    (Namangan viloyati, Namangan shahar, Uychi koʻchasi 1-uy)
  6. “Xorazm umra jamiyati” MChJ
    (Xorazm viloyati, Urganch shahar, P.Mahmud koʻchasi 350-uy)
  7. “Hikmat Umra Travel” MChJ;
    (Toshkent shahar, Mirobod tumani, A.Temur shox koʻchasi 43-uy, 41-xonadon)
  8. “Real Dreams” MChJ;
    (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 14-berk koʻchasi, 75-uy )
  9. “Travel with family” MChJ;
    (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 21-uy )
  10. “Sofa Marva tour” MChJ;
    (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo MFY, Kichik halqa yoʻli 19-uy)
  11. “B2 Management” MChJ;
    (Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Oʻrikzor koʻchasi 124-uy)
  12. “Safar time exclusive” MChJ;
    (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 2-Charx Kamolon MFY, Bunyodkor koʻchasi 2-uy)

Din ishlari boʻyicha qoʻmita xabariga koʻra, litsenziyada koʻrsatilmagan manzil boʻyicha “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadi.

Qoʻshimcha qilinishicha, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklarga yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln soʻm) etib belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid