Toshkentda 2 ta mehmonxona sotildi
Har ikkalasi ham shaharning koʻzga koʻrimli qismida joylashgan va koʻpincha xalqaro tadbirlarga mezbonlik qiladi.

Toshkent shahri markazida joylashgan Lotte City Hotel Tashkent Palace va International mehmonxonalari sotib yuborildi.
Lotte mehmonxonasini sotib olish uchun qoʻyilgan talablariga qatʼiy rioya etgan holda boshqa talabgorlarning tijorat taklifidan yuqori narx taklifini bildirgan ALFA INVEST sugʻurta kompaniyasi 20 mln dollar miqdorida sotib olish toʻlovini toʻlash sharti bilan savdo gʻolibi deb topilgan.
Mehmonxona tashqi koʻrinishining arxitektura qiyofasini inobatga olgan holda kelgusida har qanday qurilish-taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
International mehmonxonasini sotib olish uchun eng yuqori narx taklifini bildirgan Smart Fast Stroy MChJ 26 mln dollar miqdorida sotib olish toʻlovini toʻlash sharti bilan savdo gʻolibi deb topilgan. Shu bilan birga, investor bank oldidagi 14,7 mln yevro miqdoridagi kredit qarzdorligini ham qabul qilgan.