Samarqandlik aktrisa vafot etdi
U 1999 yilda "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoniga sazovor boʻlgan.

Samarqand viloyat musiqali drama teatrining ustoz sanʼatkori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Zuhra Turgʻunboyeva 74 yoshida vafot etdi.
U oʻzining uzoq yillik faoliyati davomida koʻplab spektakl va telenovellarda turli qahramonlar obrazini yaratgan, umrini teatr sanʼatiga bagʻishlagan.
Aktrisaga 1999 yilda "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni berilgan.