Oʻzbekiston Kubaga birinchi elchisini tayinladi
Ulugʻbek Lapasov Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili sifatida ham ishini davom ettiradi.

Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov bir vaqtning oʻzida mamlakatning Kubadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
20 noyabr kuni Lapasov Kuba prezidenti Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga ishonch yorliqlarini topshirgan. Suhbatda Migel Bermudes Kuba Oʻzbekiston bilan doʻstlik, oʻzaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlarni qadrlashini aytgan.
Ulugʻbek Lapasov 2023 yil avgustidan buyon Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili hisoblanadi. U avval Oʻzbekistonning Jenevadagi boʻlinmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Oʻzbekistonning doimiy vakili sifatida ishlab kelgan.
Oʻzbekiston va Kuba oʻrtasida diplomatik munosabatlar 2006 yil 13 martda oʻrnatilgan. Mamlakatlar bir-birining hududida diplomatik vakolatxonalarga ega emas.