Netanyahuni hibsga olish uchun order berildi
Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri va sobiq mudofaa vazirini qoʻlga olish uchun order berdi.

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi.
Katta ehtimol bilan bu qaror Gʻazodagi urush bilan bogʻliq.
Endilikda Netanyahu Rim statutini tan oladigan davlatlarga borsa hibsga olinishi kerak boʻladi.
Avvalroq Isroil bosh vazirini qamashga order soʻragan tergovchiga ayblov qoʻyilgandi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu sud 2023 yil martida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order bergandi.