platina.uz
Jahon

Zelenskiy qanday holatda Ukraina urushni yutqazishi mumkinligini aytdi

Donald Trampning saylanishi Kiyev uchun qiyin boʻlishi mumkin, chunki u harbiy yordamni tanqid qilib keladi.  

Zelenskiy qanday holatda Ukraina urushni yutqazishi mumkinligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fox News telekanaliga bergan intervyusida, agar AQSh qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatsa, Ukraina urushda yutqazishi mumkinligini aytdi.

Ukraina rahbari boshlanganiga ming kun boʻlgan urush haqida gapirarkan, AQSh yordamisiz mamlakat ogʻir ahvolga tushishini eʼtirof etdi.

"Agar AQSh yordamni qisqartirsa, biz yutqazamiz, deb oʻylayman. Albatta, bizning oʻz ishlab chiqarishimiz bor, lekin bu gʻalaba qozonish uchun yetarli emas", dedi Zelenskiy.

Jurnalistning Tramp Putinga urushni tugatishga taʼsir qila oladimi degan savoliga Vladimir Zelenskiy bu oson boʻlmasligini, ammo uning fikricha, Tramp Putindan kuchli va AQSh katta taʼsirga ega, deya javob bergan.

Eslatib oʻtamiz, Tramp saylansa, AQShning Ukrainaga yordami soʻroq ostida qolishi mumkin. Donald Tramp oʻz chiqishlari Zelenskiyning olayotgan yordamlariga ishora qilib uni "katta savdogar" deya atagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid