Sirdaryoda 5 mlrd soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlangani aniqlandi
Prokuratura departamenti va “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tekshiruv oʻtkazdi.
Sirdaryo viloyatida 5 mlrd 25 mln soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlagan sex aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahri boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda “Y.Z.” MChJ masʼul shaxslari “A.Jomiy” MFY hududididagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.