platina.uz
Siyosat

Prezident yangi yil nomini eʼlon qildi

2025 yilda ekologiya va yashil iqtisodiyotga kengroq eʼtibor qaratiladi.

Prezident yangi yil nomini eʼlon qildi

Xalq fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda prezident 2025 yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif etdi.

Qonunchilik palatasi majlisiga yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

Shavkat Mirziyoyev bugun nafaqat Oʻzbekiston, balki dunyodagi koʻplab mamlakatlar iqlim oʻzgarishlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilayotganini qayd etdi. Havo va suvning ifloslanishi, tuproq erroziyasi, choʻllanish, qazilma yoqilgʻilarni behisob ishlatish global isishga, tabiiy ofatlarning koʻpayishiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi sogʻligʻiga zarar yetkazmoqda.

"Bunga javoban mamlakatimizda uch yil avval “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlandi. Qoʻshni mamlakatlar bilan birgalikda Mintaqaviy iqlim strategiyasini amalga oshirishga kirishildi. Poytaxtimizda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish universiteti tashkil etildi", dedi davlat rahbari.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid